Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda

Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda
14 karra Chempionlar ligasi sohibi \"Real\" kuboklar sonini yana bittaga ko‘paytirishga yaqin kelmoqda. Madridliklar turnirdagi eng xavfli raqibi hisoblangan \"Manchester Siti\"ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Kepa esa 11 metrlik jarima zarbalarini amalga oshiradigan futbolchilarni tanlashda va Andrey Luninga ko‘rsatmalar berishda o‘z yordamlarini ayagani yo‘q.
Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda
Bundan 5 yil oldin \"Chelsi\" \"Manchester Siti\" bilan Angliya liga kubok finalida to‘qnash keladi. O‘shanda asosiy tarkibda maydonga tushgan ispaniyalik posbonni Mauritsio Sarri penaltilar seriyasida zahiraga olishni istaydi va uning o‘rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo‘ladi, lekin Kepa bunga qarshilik qilib, o‘ziga ishonayotganligini aytadi. Yakunda \"shaharliklar\" g‘alaba qozonadi, qahramonimiz esa tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketadi.
Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda
O‘sha seriyada Bernardu Silva markazga zarba berib, gol uradi. Kepa buni yaxshi eslab qolgan ekan. U Luninga portugaliyalik futbolchini aynan o‘rtaga tepishini va joyidan qimirlamaslikni maslahat bergan. Buni ukrainalik darvozabonning o‘zi ham tasdiqladi.
Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda
Arrisabalaganing 5 yildin oldin qilgan bu ishini deyarli barcha qoralaydi, tanqid qiladi va ustidan kuladi. Ammo uning o‘shanda maydonda qolganligi bugun qaysidir ma’noda \"Real\"ni Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi deyish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.