Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi

Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev UFC 302 dagi raqibi amerikalik Dastin Pore haqida gapirdi.

Men Pore bilan jang rejamni bilaman. Siz shunchaki bo‘yningizni himoya qilishingiz kerak. Dastin — afsona, bu sport turida katta tajribaga ega. U yaxshi zarba beradi, lekin zaif tomonlari — kurash va grappling (raqibni ushlash). Ammo men uning bo‘g‘ish usuliga tayyor bo‘lishim kerak”, — dedi Maxachev New York Post gazetasiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, UFC 302 turnirida Islom Maxachev Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U 2023 yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag‘lub etgandi.

Pore esa 2024 yil martida Benua Sen-Denini mag‘lubiyatga uchratgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.