Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi

Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi
Futzal bo‘yicha Tailandda o‘tayotgan Osiyo Kubogi o‘yinlarining pley off uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 26 aprel kuni doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi
Foto: The-AFC
Unda Afg‘oniston terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda afg‘onistonliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati uchun imkoniyatni saqlab qoldi.
Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi
Foto: The-AFC
Vyetnam hamda Qirg‘iziston termalari o‘rtasidagi uchrashuvda qo‘shni respublika vakillari g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasidan 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchragan vetnamliklar 2:3 hisobida qirg‘izistonliklarga ham mag‘lub bo‘ldi.

Shunday qilib, Jahon chempionatining beshinchi yo‘llanmasi uchun Afg‘oniston hamda Qirg‘iziston jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv Bangkok arenada 28 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi yarim final bahsida Eronga qarshi bugun, 26 aprel sanasida maydonga tushadi. Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.