Jeymi Vardi: Yuragim va ongim «Lester»da qolishimni istagandi


Angliyaning amaldagi chempioni – “Lester” jamoasi hujumchisi Jeymi Vardi top-klublarning taklifini rad etib, “tulkilar” safida qolishga qaror qilishi haqida aytib o‘tdi.
“Qolish uchun ko‘p sabablar bo‘ldi. Men barcha detallarni o‘ylab chiqdim: nima sodir bo‘lishi mumkin, qayerda bo‘lishim yoki bo‘lmasligim. Ana shu vaqtda yuragim va ongim menga shu erda qolishni aytdi.
Bu mening professional faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo‘ldi. Ammo men yaqindagina professionalga aylandim. Umuman olganda, qaror qabul qilish men uchun oson kechmadi”, – dedi Vardi.
Manba: fut.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













