Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!

Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan \"Bayer\" - \"Shtutgart\" bahsida tomonlar durangga imzo chekdi.

Dastlab, mehmonlar ikki gol farqi bilan oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, Adli javob qaytardi. 90+6 daqiqada esa Andrix hisobni tenglashtirib ketdi.

Shu tariqa, \"Bayer\"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi. Klub 81 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, \"Shtutgart\" bo‘lsa 3-o‘rinda.

\"Bayer\" — \"Shtutgart\" 2:2
Gollar
: 0:1 – 47 Fyurix, 0:2 – 56 Undav, 1:2 – 61 Adli, 2:2 – 90+6 Andrix.
\"Bayer\": Gradetski, Frimpong (Tella, 89), Ta (Inkapie, 46), Tapsoba, Kossunu, Grimaldo (Stanishich, 89), Xofmann (Virts, 74), Andrix, Palasios, Adli, Shik (Bonifase, 74).
\"Shtutgart\": Nyubel, Stergiu (Mvumpa, 81), Anton, Ito, Mittelshtedt, Karazor, Fyurix (Ruo, 81), Miyo (Daud, 74), Leveling (Shtensel, 90), Girassi, Undav (Chjon Vu Yen, 74).
Ogohlantirish: Palasios (31), Undav (41), Kossunu (42), Andrix (58), Miyo (69), Xabi Alonso (70), Mittelshtedt (77), Inkapie (83).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.