UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)

UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Toshkent vaqti bilan 28 aprel tongida UFC Vegas 91 turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakili Bogdan Guskov (15-3) Rayan Spennga (21-9) qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Guskov jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu Bogdan uchun UFC\'dagi uchinchi jang va ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

Guskov promoushendagi debyutini shveysariyalik Volkan O‘zdemirga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi. Ikkinchi jangda esa AQSH vakili Zak Paugani nokautga uchratgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.