O‘zbekiston U23 terma jamoasi Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi?

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Indoneziya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
68-daqiqada Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi Pratama Arxan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shuningdek, 84-daqiqada Rizki Ramadani Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatilgan fol uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘lsa \"D\" guruhidan (Paragvay, Mali, Isroil) joy oladi. Finalda mag‘lubiyat qayd etilsa, o‘zbekistonlik yigitlar \"C\" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi o‘ynashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!68-daqiqada Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi Pratama Arxan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shuningdek, 84-daqiqada Rizki Ramadani Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatilgan fol uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘lsa \"D\" guruhidan (Paragvay, Mali, Isroil) joy oladi. Finalda mag‘lubiyat qayd etilsa, o‘zbekistonlik yigitlar \"C\" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi o‘ynashadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













