Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi

Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egalladi.

Timur Kapadze shogirdlari musobaqa finalida Yaponiyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoa futbolchilarining har biriga 30 ming dollardan mukofot puli berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze shogirdlari Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U-23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.