O‘zbekiston U-23 terma jamoasi iyun oyida Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi iyun oyida Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Timur Kapadze shogirdlari Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bahslar 7 va 10 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi.

O‘rtoqlik o‘yini
7, 10 iyun
O‘zbekiston U-23 — Mali U-23
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.