"Zenit" "Rostov"ni mag‘lub etdi va yana Rossiya chempioniga aylandi

"Zenit" "Rostov"ni mag‘lub etdi va yana Rossiya chempioniga aylandi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining so‘nggi 30-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Chempionlikka asosiy da’vogar “Dinamo” hal qiluvchi bahsda mehmonda “Krasnodar”ga mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa jamoa mavsumni bronza medallari bilan yakunladi. Markaziy bahsda yetakchilarni mag‘lubiyatga uchratgan mezbonlar kumush medallariga ega chiqdi. O‘z uyida “Rostov”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Zenit” 57 ochko bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

\"Zenit\" – \"Rostov\" 2:1
Gollar
: 0:1 – 54 Ronaldo, 1:1 – 65, penalti Mantuan, 2:1 – 85 Artur.
\"Zenit\": Adamov, Erakovich, Nino, Alip, Karavayev (Artur, 74), Mantuan (Yeroxin, 74), Klaudino, Barrios, Vendel (Vasilev, 90), Sergeyev (Pedro, 46), Kasserra (Rodrigao, 90).
\"Rostov\": Pesyakov, Langovich, Osipenko (Melexin, 84), Sako, Vaxaniya (Chernov, 55), Utkin (Bayramyan, 90), Glebov, Shetinin, Komarov (Aznaurov, 90), Ronaldo, Golenkov (Komlichenko, 55).
Ogohlantirish: Karavayev (22), Sako (61), Komarov (68), Artur (86).

“Krasnodar” va “Dinamo” 56 ochko bilan mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘ringa joylashdi.
"Zenit" "Rostov"ni mag‘lub etdi va yana Rossiya chempioniga aylandi
Foto: Google Sports
“SSKA” o‘z uyida “Ural”ni qabul qildi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Abbosbek Fayzullayev jamoasining ikki golida ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, ikkinchi golda uning zarbasidan qaytgan to‘pga Tamerlan Musayev zarba berib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Mavsumni yuqori notada o‘tkazgan yosh o‘zbekistonlik futbolchi 84-daqiqada almashtirildi. Shu tariqa 48 ochko to‘plagan “SSKA” 6-o‘rindan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun asosiy nomzodlar qatorida bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.