Fotimaxon Omilova Paralimpiya o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi


Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan 2016 yilgi Paralimpiadaning suzish sporti bo‘yicha musobaqalarida O‘zbekiston vakili Fotimaxon Omilova delegasiya uchun 3ta medal taqdim etib ulgurdi.
U dastlab 100 metrga batterflyay usulida suzib, marraga uchinchi bo‘lib etib kelgan hamda bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Keyinroq esa u 200 metrga kompleks usulida suzish bo‘yicha bahslarda kumush medal oldi.
Kechagi bahslrada esa Fotimaxon Omilova 100 metrga brass usulida suzishda tengsiz bo‘lib, Paralimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Fotimaxon Omilova bitta Paralimpiadada ham bronza, ham kumush, ham oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
U Paralimpiadada yana bir qator yo‘nalishlarda medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













