Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga o‘tishga yaqin!

Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga o‘tishga yaqin!
O‘zbekistonlik terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev SSKAdan Ispaniyaning \"Vilyarreal\" klubiga o‘tishga yaqin. Bu haqida Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga o‘tishga yaqin!
Skrin: Marca
Nashrning yozishicha, o‘zbek matbuoti futbolchini “Vilyarreal”ga o‘tishi mumkinligini gapirmoqda. Bu esa ispan klubining muzokaralar borasida siljishga erishishiga yordam berishi mumkin. Transfer rasmiylashtirilishi ehtimoli bor.

Transfermarkt Fayzullayevning narxini 6 mln yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, “Vilyarreal” klub o‘tgan mavsumda La Ligada 8-o‘rinni egallab, yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonlik futbolchi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyaning “Leganes” klubida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.

Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.