Abbosbek Fayzullayev futboldagi kumiri kimligini ma’lum qildi

Abbosbek Fayzullayev futboldagi kumiri kimligini ma’lum qildi
O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev yoshligidagi kumiri kimligini aytib o‘tdi.

Bolaligimdan “Barselona” va Messining o‘yinlarini tomosha qilib kelaman, menga Leoning maydonni ko‘ra olishi va raqiblarini aldab o‘tishi yoqardi. Messi mening futboldagi kumirim.

Menda Messi, Ronaldu va Fernando Torresning liboslari bor. Lekin har doim Yevropaning top-jamoalarida o‘z familiyam tushirilgan libosda o‘ynashni xohlayman. Kimgadir o‘xshashni istamayman.

Har doim top-futbolchilardan nimadir o‘rganishda davom etaman
”, — deydi Fayzullayev.

Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.