2034 yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga kim mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi

2034 yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga kim mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari poytaxti sifatida AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrini tanladi.

Solt-Leyk Siti avval ham Qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan, bu 2002 yilda sodir bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 2028 yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlariga ham AQSH mezbonlik qiladi, musobaqalar Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

2030 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari esa Fransiya Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Fransiyada yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanmoqda. 26 iyuldan 11 avgustgacha Parij musobaqaga mezbonlik qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.