Parij—2024. Shukurjon Aminova musobaqa bilan xayrlashdi

Parij—2024. Shukurjon Aminova musobaqa bilan xayrlashdi
Foto: Judo
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etadi. Bugun, 29 iyul kuni dzyudo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida ikkinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

Shukurjon Aminova gruziyalik Eteri Liparteliani bilan bellashdi. Afsuski, murosasiz kechgan bahsda o‘zbekiston vakilasi mag‘lubiyatga uchradi va Parij Olimpiadasidagi o‘z ishtirokini yakunladi.

Avvalroq Kot d\'Ivuar vakili Dabonnega qarshi uchrashuvda o‘zbekiston sportchisi g‘alaba qozongan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.