O‘FA Oston O‘runov o‘rniga boshqa futbolchini jalb etish bo‘yicha so‘rov yubordi

O‘FA Oston O‘runov o‘rniga boshqa futbolchini jalb etish bo‘yicha so‘rov yubordi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi vakili Oston O‘runov Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladigan Olimpiada guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida ishtirok etmaydi.

O‘runov Misrga qarshi bahsda (0:1) kichik jarohat olgan. Tekshiruvlar natijasida futbolchi Dominikanga qarshi uchrashuvgacha to‘liq tiklana olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘FA Oston O‘runov o‘rniga qaydnomaga zaxiradan futbolchi jalb etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga so‘rov yubordi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.