Parij—2024. Aram Vardanyan va Rustam Assakalov bronza medali uchun kurashadi

Parij—2024. Aram Vardanyan va Rustam Assakalov bronza medali uchun kurashadi
Foto: MOQ
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari davom ettirilmoqda.

Yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan (-77 kg) hamda Rustam Assakalov (-97 kg) Parij—2024 medallari uchun kurashni davom ettiradi.

O‘zbekistonlik kurashchilarni chorak finalda mag‘lub etgan raqiblar final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, har ikki polvonimiz ertaga bronza medali uchun o‘tish bosqichida gilamga chiqadi. Ularning o‘tish bosqichidagi raqiblari:

-77 kg: Aram Vardanyan - Abdelkrim Oukali (Jazoir)
-97 kg: Rustam Assakalov - Seong Jun Kim (Janubiy Koreya)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.