Rio Olimpiya o‘yinlarida echingan mo‘g‘ul murabbiylariga nisbatan jazo qo‘llanildi

Rio Olimpiya o‘yinlarida echingan mo‘g‘ul murabbiylariga nisbatan jazo qo‘llanildi
Rio Olimpiya o‘yinlarida echingan mo‘g‘ul murabbiylariga nisbatan jazo qo‘llanildi

Shogirdining Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari kurash bahslarida mag‘lub bo‘lganiga norozilik sifatida gilam ustida kiyimlarini echish bilan tomosha ko‘rsatgan mo‘g‘ul murabbiylari 2019 yil avgust oyigacha xalqaro musobaqalardan chetlatildi, deb xabar qilmoqda \"Kun\" nashri.
Rio Olimpiya o‘yinlarida echingan mo‘g‘ul murabbiylariga nisbatan jazo qo‘llanildi

Hodisa, mo‘g‘ul kurashchisi Mandaxnaran Ganzorigiynning o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov bilan bo‘lib o‘tgan bahsi yakunida sodir bo‘ldi. Kurashning asosiy vaqti 7:6 hisobida Mo‘g‘uliston vakili foydasiga tamom bo‘lgan va ular g‘alabani nishonlayotgan edi. Biroq, o‘zbek tomoni Navro‘zovning intilishiga qarshi mo‘g‘ul kurashchisi qasddan qochganiga norozilik bildirgach, bosh hakam hisobni o‘zgartirib, durang qayd etdi hamda musobaqa reglamentiga ko‘ra, so‘nggi ball olgan kurashchi Ixtiyor Navro‘zov g‘olib deb topildi.

Shundan so‘ng, mo‘g‘ul murabbiylari norozilik sifatida sport liboslari va maykalarini hakamlar hay’ati oldiga echib tashlashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.