Abbosbek Fayzullayev: "Xato qilgan jamoalar Jahon chempionatidan quruq qoladigan bosqich boshlandi"

Abbosbek Fayzullayev: "Xato qilgan jamoalar Jahon chempionatidan quruq qoladigan bosqich boshlandi"
SSKA klubi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Qirg‘izistonga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

\"Bu bosqichning mas’uliyati katta va shu sababli oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Buyog‘iga xato qilishga hech kimning haqqi yo‘q, xato qilganlar Jahon chempionatidan quruq qolishadi. Qirg‘izistonga qarshi qiyin uchrashuv bo‘ladi deb o‘ylayman. Qo‘shnilarimiz futboli o‘sib bormoqda. Eronga qarshi uchrashuv bunga isbot. Bahrayn Avstraliyani mag‘lub etdi, Falastin Koreyadan ochko tortib oldi.

Ayni damda har bir raqibga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak, bo‘lmasam har qanday jamoaga mag‘lub bo‘lasiz. Raqib 4ta himoyachi bilan o‘ynaydigan bo‘lsa, menga biroz osonroq bo‘ladi, sababi ko‘proq ochiq zonalar paydo bo‘ladi. 5 nafar himoyachi bilan o‘ynaydigan jamoalarga qarshi esa biroz qiyinroq, bunday jamoalar zichroq himoyalanishadi
\" - deya fikr bildirdi Abbosbek Fayzullayev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.