Sesk Fabregas: Meni Gvardiola va Mourinodan birini tanlashga majbur qilmang


Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Sesk Fabregas jurnalistlar tomonidan Xosep Gvardiola va Joze Mourino haqida berilgan savolga javob qaytarishdan bosh tortdi.
Fabregasdan ularning qay biri kuchli ekani so‘ralgan edi.
- Meni Gvardiola va Mourinodan birini tanlashga majbur qilmang. Bu savolga javob qaytara olmayman, - deydi Fabregas.
Eslatib o‘tamiz, Fabregas o‘z vaqtida Gvardiola boshqaruvi ostida «Barselona»da o‘ynagan edi. Keyinchalik u Joze Mourino bilan «Chelsi»da birga faoliyat olib bordi.
Manba: www.fut.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













