Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida

Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida
Saudiya Arabistonida 12 oktyabr kuni yarim ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Artur Beterbiev (WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi) va Dmitriy Bivol (WBA kamari sohibi) jang qiladi.

10 oktyabr kuni bokschilar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi va ular nigohlar toʻqnashuvida ishtirok etdi.
Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida
Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol
Foto: Sports

Qayd etib oʻtishimiz kerak, Beterbiev va Bivol 1 iyun kuni toʻqnash kelishi lozim edi, biroq Artur jarohat olgani bois, jang qoldirilgandi. Natijada, Bivol Malik Zinadga qarshi jang qilib, uni 6-raundda nokautga uchratdi.

Bivol 23 ta jangining 23 tasida gʻalaba qozongan (12 tasi nokaut bilan). Beterbiev ham janglarining barchasida zafar quchgan.
Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida
Foto: Getty Images
Ar-Riyodning Kingdom Arena stadioni ushbu jangga mezbonlik qiladi. Avvalroq ushbu stadionda Fyuri—Ngannu, Fyuri—Usik janglari boʻlib oʻtgandi. Shuningdek, Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder ham ushbu arenada jang qilgan.
Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida
Foto: Getty Images
Jang oldidan Artur Beterbiev oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi: “Menimcha, biz koʻp gaplashib yubordik. Hammasini amalda hal qilish kerak boʻlgan-da, nega kerak buncha gapirish. Jang payti nima boʻlishini koʻramiz.

Ular meni tanladi. Hozircha, Saul Alvares yoki boshqa kimdir meni qiziqtirgani yoʻq
”.
Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida
Foto: Getty Images
Dmitriy Bivol ham jangdan oldingi fikrlarini bildirdi: “Raqiblarim haqida oʻylaganda, ulardan hayratlanaman. Biri chempion, boshqasi esa engilmas. Nega asabiylashishim kerak? Artur — katta chempion, unda menga kerak boʻlgan hamma narsa bor.

Ajoyib bokschi bilan ringni boʻlishaman. Jangning bir necha stsenariysi bor. Lekin Beterbievga qarshi juda katta va yaxshi lager tashkil qildik
”.
Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oʻrtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida
Foto: Getty Images
Hozircha ushbu jangni Oʻzbekistonda rasmiy translyatsiyasi haqida hech qanday ma'lumot yoʻq. ESPN+ hamda DAZN platformasida ushbu jangni tomosha qilish mumkin.

12 oktyabr kungi oqshomda jang qiluvchi juftliklar bilan tanishing:

- Artur Beterbiev (20-0, 20 KO), Rossiya — Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO), Rossiya
- Shakur Stivenson (22-0, 10 KO), AQSh – Jo Kordina (17-1, 9 KO), Britaniya
- Kris Yubenk (33-3, 24 KO), Britaniya – Kamil Sheremeta (25-2-2, 8 KO), Polsha
- Fabio Uordli (17-0-1, 16 KO), Britaniya – Freyzer Klark (8-0-1, 6 KO), Britaniya
- Jey Opetayya (25-0, 19 KO), Avstraliya – Jek Massi (22-2, 12 KO), Britaniya
- Ben Uittaker (8-0, 5 KO), Britaniya – Liam Kemeron (23-6, 10 KO), Britaniya
- Skay Nikolson (11-0, 1 KO), Avstraliya – Reyven Chapmen (9-0, 2 KO), Britaniya
- Muhammad Al-Oqil (0-0, 0 KO), Saudiya Arabistoni – Xesus Gonsales (3-2, 0 KO), Kolumbiya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.