Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?

Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Markaziy jangda yarim ogʻir vazn toifasida WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi, rossiyalik Artur Beterbiev mazkur vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi boʻlib turgan hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi ringga koʻtarildi.

Jang 12 raund davom etdi va Beterbievning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda 114-114, 115-113, 116-112 hisobida Beterbiev professional boksdagi 21-gʻalabasini nishonladi.

Jangdan soʻng ikkala bokschi ham oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?
Foto: Getty Images
Mutlaq jahon chempioniga aylangan Artur Beterbiev:Bivol gʻalabaga loyiq jang qildim deb oʻylayaptimi? U istagan narsasini gapirishi mumkin. Unga revansh berishga tayyorman. Faqat yarim yildan oldin emas. Ha, aytgancha, Saudiya Arabistoni hukumati ham buni xohlasa, albatta”.
Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?
Foto: Getty Images
Dmitriy Bivol:Hozir oʻz xonamga borib, oʻtirib oʻylab olmoqchiman. Qayd daftarchamga yaqin oylardagi rejalarimni yozaman. Jangni qayta koʻrish niyatim yoʻq.

Beterbievning qoʻli koʻtarilgandagi holatim? Hammasi joyida. Endi keyin haqida oʻylash kerak
”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.