Abbosbek Fayzullaev «Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi» sovriniga da'vogar

Abbosbek Fayzullaev «Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi» sovriniga da'vogar
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi «Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi» sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e'lon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbeksiton milliy jamoasi hamda SSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullaev yakuniy roʻyxatdan oʻrin oldi. Oʻzbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a'zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi a'zosi Ba Jun Ho ham gʻoliblikka da'vogar boʻlib turibdi.
Abbosbek Fayzullaev «Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi» sovriniga da'vogar
Gʻolib nomi 29 oktyabr kuni Seul shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit'a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.