Abduqodir Husanov qizil kartochka olgan o‘yinda “Lans” “PSJ”ga mag‘lub bo‘ldi

Abduqodir Husanov qizil kartochka olgan o‘yinda “Lans” “PSJ”ga mag‘lub bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 10-turida “Lans” 2 noyabr, shanba kuni “PSJ”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Usmon Dembele hisobni ochdi. Bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov parijliklar futbolchisi Ashraf Hakimiga qo‘pollik ishlatdi. Hakam esa VAR orqali Husanovga qizil kartochka ko‘rsatdi va maydondan chetlatdi.

O‘yinning qolgan yarim soatida “Lans” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Ushbu uchrashuvda boshqa gol urilmadi va “PSJ” kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Liga 1
10-tur

2 noyabr, shanba

“PSJ” — “Lans” 1:0
Gol:
1:0 – 4 Dembele.
“PSJ”: Safonov, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 71), Vitinya, Joau Nevesh, Barkolya, Asensio (Due, 71), Dembele (Li Kan In, 61).
“Lans”: Samba, Husanov, Danzo, Gradi (Sarr, 63), Machado, Chaves, Diuf (David Koshta, 80), Tomasson (El-Enaui, 63), Zaruri (Labo-Laskari, 80), Nzola, Sotoka (Ojediran, 20).
Ogohlantirishlar: Husanov (45+1), Still (45+4), Gradi (47), Markinos (57), Diuf (62).
Chetlatish: Husanov (59).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.