Abduvohid Ne’matov: "Nasaf" bilan O‘zbekistondagi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldim"

Abduvohid Ne’matov: "Nasaf" bilan O‘zbekistondagi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldim"
Superliga 24-turidan o‘rin olgan \"Nasaf\" - \"So‘g‘diyona\" (0:1) uchrashuvidan so‘ng \"ajdarlar\" darvozaboni Abduvohid Ne’matov saytimizga kichik intervyu berdi.

- Chempionlik bilan tabriklaymiz. Chempionlik ta’mi qanday ekan?
- Rahmat. Biz yil boshidanoq o‘z oldimizga chempionlik maqsadini qo‘ygandik. Yaratganga shukr, bugun ushbu natijaga erisha oldik. \"Nasaf\" va qashqadaryoliklarni chempionlik bilan tabriklayman.

- Siz uchun eng qiyin o‘yin qaysi bo‘ldi?
- Aniq bir o‘yinni aytib o‘ta olmayman. Har bir uchrashuv o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi. Har bir bahsning mevasi - shirin chempionlik bo‘ldi.

- Siz uchun Superligadagi eng yaxshi o‘yinchi kim bo‘ldi?
- Bunday nomzodlar ko‘p-ku. Masalan, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov va boshqalar.

- Keyingi yil muxlislarni xursand qiladigan gap aytasizmi? Legionerga aylanishingiz barcha o‘zbek futbolining ishqibozlarini xursand qilishi aniq.
- Keling, oldindan bir narsa demaylik. Biroz vaqt o‘tsin. Xudoga shukr \"Nasaf\" bilan O‘zbekistondagi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldim.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.