"Real" prezidenti Mbappeni tabrikladi

"Real" prezidenti Mbappeni tabrikladi
Madridning \"Real\" klubi prezidenti Florentino Peres \"Jirona\" (3:0) bilan o‘yindan so‘ng Kilian Mbappega murojaat qildi.

Fransuz hujumchisi \"Jirona\"ga uchinchi golni urdi. Peres o‘yindan so‘ng jamoaning kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi va Mbappeni tabrikladi.

25 yoshli forvard barcha musobaqalarda Karlo Anchelotti jamoasi safida 21ta o‘yinda 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe \"qirollik klubi\" safida shu yozda PSJdan erkin agent maqomida o‘tgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.