Osiyo chempionati. Feruza Kazakova kambek amalga oshirib, Osiyo chempioniga aylandi

Osiyo chempionati. Feruza Kazakova kambek amalga oshirib, Osiyo chempioniga aylandi
Tailandda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ikkinchi finalchimiz 52 kg vazn toifasidagi Feruza Kazakova ukrainalik Svitlana Umanskaga qarshi bahs yuritdi.

1-raundda Kazakova faol harakat qilgan bo‘lsa-da, raqib dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qildi. Biroq ikkinchi raundda ustunlik vakilamiz tarafida bo‘ldi va bu raundni to‘liq o‘ziniki qildi. 3-raundga kelib, ukrainalikni bir bor nokdaun holatiga tushirgan yurtdoshimiz Feruza Kazakova yakunda g‘alaba qozonib, chempionatning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.