"Nasaf" legioner hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

"Nasaf" legioner hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi
Qarshining \"Nasaf\" klubi kelasi mavsum oldidan tarkibga hujumchi sotib olmoqchi. Jamoaning asosiy hujumchisi Zoran Marushich \"Neftchi\" klubiga o‘tdi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, albaniyalik hujumchi Rubin Xebay kelasi mavsumni \"Nasaf\"da boshlashga juda yaqin. Albaniyalik forvardga \"ajdarlar\" taklif bilan chiqqan. Hozirgi kunda muzokaralarning final qismi boshlandi.

Ma’lumot uchun, Xebay joriy mavsum Tunis chempionatida 6 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.