Globe Soccer Awards-2024: Vinisius yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Globe Soccer Awards-2024: Vinisius yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
Dubayda 27 dekabr kuni Globe Soccer Awards-2024 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Real Madrid” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Vinisiusdan boshqa sovringa bir qator futbolchilar da'vogarlik qilgandi. Jumladan:

Jud Bellinghem (“Real”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Viktor Dokeresh (“Sporting”), Erling Holand (“Manchester Siti»), Harri Keyn (“Bavariya”), Toni Kroos (“Real”), Robert Levandovski (“Barselona”), Ademola Lukman (“Atalanta”), Lautaro Martines (“Inter”), Kilian Mbappe (“Real”), Lionel Messi (“Inter Mayami”), Koul Palmer (“Chelsi”), Rodri (“Manchester Siti”), Krishtianu Ronaldu (“An-Nasr”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Lamin Yamal (“Barselona”).

“Barselona” va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal esa marosimda “Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi” deb topildi.
Globe Soccer Awards-2024: Vinisius yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
Lamindan tashqari, bu sovrin uchun Pau Kubarsi (Ispaniya milliy jamoasi, “Barselona”), Alexandro Garnacho (Argentina milliy jamoasi, “Manchester Yunayted»), Arda Gyuler (Turkiya milliy jamoasi, “Real”), Kobbi Maynu (Angliya milliy jamoasi, “Manchester Yunayted”), Savio Moreyra (Braziliya milliy jamoasi, “Manchester Siti”) va Kenan Yildiz (Turkiya terma jamoasi, “Yuventus”) da'vogarlik qilgandi.

Shuningdek, Jud Bellingem yilning eng yaxshi yarim himoyachi va eng yaxshi talanti deb topildi.
Globe Soccer Awards-2024: Vinisius yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
Yilning eng yaxshi murabbiyi deya Karlo Anchelotti (“Real Madrid”) topildi. Yilning eng yaxshi klubi deya “Real Madrid” taqdirlandi.

Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida esa Krishtianu Ronaldu tengsiz deb e'lon qilindi.
Globe Soccer Awards-2024: Vinisius yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
“An-Nassr” forvardi Riyod Mahrez (“Al-Ahli”), Sergey Milinkovich-Savich (“Al-Hilol”) va Salim Ad-Dosari (“Al-Hilol”) singari oʻyinchilarni ortda qoldirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.