Bahodir Jalolovdan yengilgan avstraliyalik bokschi revansh soʻramoqda

Bahodir Jalolovdan yengilgan avstraliyalik bokschi revansh soʻramoqda
Avstraliyalik bokschi Teremoana Junior (5:0, 5 KO) hamyurtimiz Bahodir Jalolov (14:0, 14 KO) bilan revansh jangini oʻtkazishni istashini ma'lum qilmoqda. Bu haqda \"Sports.kz\" xabar berdi.

Teremoana va Jalolov 2024 yilda Parij Olimpiadasining chorak finalida toʻqnash kelishgan. Jang 5:0 hisobida Bahodir Jalolovning foydasiga hal boʻlgandi, biroq, avstraliyalik \"Katta oʻzbek\"ning mazkur gʻalabasini hali ham bahsli deb hisoblamoqda:

\"Qasos olishni xohlayman, chunki Olimpiadadagi gʻalaba meniki edi. Menga bir oz vaqt bering va biz albatta professional boksda toʻqnash kelamiz. Buni intiqlik bilan kutaman\" - dedi Teremoana Junior \"Boxing News\" nashriga.

Eslatib oʻtamiz, har ikki bokschi ham tez orada navbatdagi janglarini oʻtkazadi. Teremoana Junior 8 yanvar kuni germaniyalik Osasu Otobo (11-1-1, 5 KO) bilan, Bahodir Jalolov esa 6 fevral kuni Fransiya vakili David Spilmont (16-8-1, 11 KO)ga qarshi ringga koʻtariladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.