Qirol kubogi. "Al-Ittihod" penaltilar seriyasida "Al-Hilol"ni taslim etdi

Qirol kubogi. "Al-Ittihod" penaltilar seriyasida "Al-Hilol"ni taslim etdi
Unda «Al Ittihod» va «Al Hilol» oʻzaro bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Ekstra-taymlarda ham jamoalar bittadan gol urishga erishdilar.

Oʻyinda Benzema dubl qilishga muvaffaq boʻldi, Al-Dovsari va Leonardo esa javob qaytarishdi.

Penaltilar seriyasida esa Benzema boshchiligidagi jamoaning omadi keldi va «Al Ittihod» musobaqaning yarim finaliga yoʻl oldi.

Saudiya qiroli kubogi. 1/4 final
Al Hilol — Al Ittihod — 2:2
Penaltilar seriyasi — 1:3.

7 yanvar, «Kingdom Arena»
Gollar: Salim Ad Dovsari (72), Leonardo (101) — Benzema (63, 114).
Al Hilol – Bunu, Lodi (Al Harbi, 90+2), Al Bulayhi, Kulibali, Kanselu (Al Yami, 90+2), Milinkovich-Savich, Nevesh (Kanno, 100), Salim Ad Dovsari, Al Hamdan (Nosir Al Dovsari, 65), Malkom, Mitrovich (Markos Leonardo, 13).
Al Ittihod – Raykovich, Kadesh, Danilu Pereyra, Al Musa (As Skurk, 83), Auar (Havsavi, 88), Mitay (Al Bishi, 105), Fabinio, Kante, Ash Shengiti, Bergveyn (Al Obod, 97), Benzema.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.