"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi

"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi
\"Paxtakor\"ning Turkiyadagi mashgʻulotlariga klub raisi Jahongir Ortiqxoʻjayev tashrif buyurdi. Jamoa ushbu mavsum qanday maqsadlarga erishishi kerakligini mashgʻulot yakuniga etganidan keyin Jahongir Abidovichning oʻzi futbolchilarga tushuntirdi.
"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi
\"Biz Sizlarga futbol oʻynashingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Shuning uchun ham Evropa havosidan nafas olgan mutaxassislarni jalb qildik. Mening niyatim Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JChda ishtirok etsin va \"Paxtakor\" muxlislari terma jamoa safida Sizlardan imkon qadar koʻprogʻingizni tarkibda koʻrib hursand boʻlsin. 2024 yilgi mavsumni unutamiz. Bizdan muxlislar qanday holatda boʻlmaylik chempionlikni kutishadi. Bu yilgi tarkibimiz eng yaxshilaridan deb bilaman. Yoshlarning oldiga Igor Sergeyev va Iroq terma jamoasidan Basharni qoʻshdik. Bu erda Alijonov, Sobirxoʻjayev va Hamdamov kabi kuchli futbolchilarimizni safimizda olib qoldik\", - deydi Jahongir Abidovich.
"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi
Suhbat jarayonida Jahogir Abidovich, Pedru Moreyradan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻradi. Oʻz navbatida portugaliyalik mutaxassis qoʻl ostidagi shogirdlari bilan faqat maksimal natija uchun kurashishini takidlab oʻtdi.
"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.