"Lans" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov kamgap, ammo kuchli futbolchi"

"Lans" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov kamgap, ammo kuchli futbolchi"
\"Manchester Siti\" uni qoʻlga kiritishni kafolatlash uchun bejiz 40 mln yevro va bonuslar taklif etmadi.

Abduqodir Xusanov havas qilsa arziydigan jismoniy kuchga ega markaziy himoyachi, shuningdek, yuqori darajadagi sprinter: uning \"Reyms\" futbolchisi Junya Itoni 37 km/s tezlikda quvib kelayotgani aks etgan video internetni larzaga keltirgan.

\"U kamgap, ammo kuchli futbolchi. Men kelganimda, Danso ketish arafasida edi. Oʻshanda Jan-Lui Leka (\"Lans\" sport koordinatori – tahr.) menga: \"Xavotir olmang, Abduqodir shu erda\", degandi.

U xato qilmagan ekan. Abduqodir Husanov haqiqatan ham ulkan salohiyatga ega
\", – dedi \"Lans\" bosh murabbiyi Uill Still.

Abduqodir Husanov hozirdanoq himoyadagi tajovuzkorligi bilan ajralib turadigan Ruben Diashga qiyoslanyapti. Bu, ayniqsa, Gvardiolaga ma\'qul keladigan jihat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.