Abduqodir Husanov “Chelsi”ga qarshi oʻyin uchun qaydnomaga kiritildimi?

Abduqodir Husanov “Chelsi”ga qarshi oʻyin uchun qaydnomaga kiritildimi?
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 25 yanvar kuni boʻlib oʻtadigan “Manchester Siti” — “Chelsi” uchrashuvida qaydnomaga kiritilgan.

Manchester klubi safida Husanovdan tashqari yangi xarid qilingan futbolchilar — Vitor Reis hamda Omar Marmush ham qaydnomadan oʻrin olgan.

Diash va Doku esa qaydnomada boʻlmaydi.

“Chelsi” bilan uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.