Bellingem "Real"ning eng iqtidorli futbolchisini aytdi

Bellingem "Real"ning eng iqtidorli futbolchisini aytdi
\"Real Madrid\" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa do‘sti Rodrigo haqida iliq fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi \"Manchester Siti\"ga qarshi o‘yinda (3:1) assist qayd etib, jamoasiga g‘alaba qozonishga yordam berdi.

\"Rodrigo, ehtimol, bizning jamoamizdagi eng iqtidorli va iste’dodli futbolchi. U to‘p bilan bajarayotgan ayrim harakatlarini ko‘rib, o‘zimga savol beraman: \'Qanday qilib?\' Agar men shunday harakat qilishga urinib ko‘rsam, tovonimni shikast qilgan bo‘lardim\", – dedi Bellingem Madrid Zone nashriga bergan intervyusida.

\"Real Madrid\" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:3) Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘l oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.