Neymar burchak zarbasidan gol urdi va 2ta assist qildi (video)

Neymar burchak zarbasidan gol urdi va 2ta assist qildi (video)
«Santos» chempionatning navbatdagi turida «Inter Limeyra»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Ushbu bahsda Neymar asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 27-daqiqada burchak zarbasidan raqib darvozasini ishgʻol qildi.

Shuningdek, birinchi boʻlimning oʻzida yana ikkita golga assist qayd etdi.

Neymar «Santos»ga qaytganidan beri jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida hozir 2 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.