Farg‘ona hokimi jahon chempioni Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi

Farg‘ona hokimi jahon chempioni Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston tarixida yunon-rum kurashi bo‘yicha ilk jahon chempioni bo‘lgan Alisher G‘aniyevga Farg‘ona shahridan xonadon kalitini topshirdi, deb hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Alisher G‘aniyev 2024-yil oktabr oyida Albaniyaning Tirana shahrida o‘tkazilgan U23 jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, u O‘zbekiston tarixida 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempioniga aylandi.

Chempionga uy Ekoshahar — “Yangi O‘zbekiston” massividan ajratildi. Viloyat hokimi sportchini yutug‘i bilan tabriklab, uning kelgusida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.