“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish!

Foto: Arab News
Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finali doirasida Saudiya Arabistonining \"Al-Hilol\" klubi 4 mart kuni \"Paxtakor\" bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazadi. Biroq riyodliklar ushbu muhim o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi.
Klubning portugaliyalik yulduzi, himoyachi Joao Kanselu “Al-Ahli”ga qarshi bahsning 60-daqiqasida mushaklaridagi og‘riq sababli maydonni tark etgan edi. Shifokorlar uning 10 kundan 6 haftagacha safdan chiqishini ma’lum qilishdi. Bu esa tajribali himoyachining “Paxtakor”ga qarshi muhim uchrashuvda ishtirok eta olmasligini anglatadi.
\"Paxtakor\" uchun katta imkoniyat!
Kanselu – hozirda “Al-Hilol”ning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib, u himoyadagi ishonchli harakatlari va hujumga qo‘shilishi bilan ajralib turadi. Uni yo‘qotish riyodliklar uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.
Toshkentning \"Paxtakor\" klubi uchun esa bu qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin. Kanselu yo‘qligi “Al-Hilol”ning himoya chizig‘ida muammolar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, Pedro Moreyra shogirdlari Saudiya grandidan sensatsiyali g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Ochiq to‘qnashuv kutilmoqda
\"Paxtakor\" va \"Al-Hilol\" o‘rtasidagi uchrashuv 4 mart kuni soat 21:00 da boshlanadi. Osiyoning ikki yirik klubi o‘rtasidagi bu bahsda Toshkent jamoasi tarixiy yutuq qayd etishi va yarim finalga yo‘l olishi mumkin.
Futbol muxlislari uchun bu juda kutilgan bahs. \"Paxtakor\"ga omad tilaymiz va 4 mart kuni barcha muxlislardan jamoamizni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab qolamiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finali doirasida Saudiya Arabistonining \"Al-Hilol\" klubi 4 mart kuni \"Paxtakor\" bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazadi. Biroq riyodliklar ushbu muhim o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi.
Klubning portugaliyalik yulduzi, himoyachi Joao Kanselu “Al-Ahli”ga qarshi bahsning 60-daqiqasida mushaklaridagi og‘riq sababli maydonni tark etgan edi. Shifokorlar uning 10 kundan 6 haftagacha safdan chiqishini ma’lum qilishdi. Bu esa tajribali himoyachining “Paxtakor”ga qarshi muhim uchrashuvda ishtirok eta olmasligini anglatadi.
\"Paxtakor\" uchun katta imkoniyat!
Kanselu – hozirda “Al-Hilol”ning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib, u himoyadagi ishonchli harakatlari va hujumga qo‘shilishi bilan ajralib turadi. Uni yo‘qotish riyodliklar uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.
Toshkentning \"Paxtakor\" klubi uchun esa bu qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin. Kanselu yo‘qligi “Al-Hilol”ning himoya chizig‘ida muammolar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, Pedro Moreyra shogirdlari Saudiya grandidan sensatsiyali g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Ochiq to‘qnashuv kutilmoqda
\"Paxtakor\" va \"Al-Hilol\" o‘rtasidagi uchrashuv 4 mart kuni soat 21:00 da boshlanadi. Osiyoning ikki yirik klubi o‘rtasidagi bu bahsda Toshkent jamoasi tarixiy yutuq qayd etishi va yarim finalga yo‘l olishi mumkin.
Futbol muxlislari uchun bu juda kutilgan bahs. \"Paxtakor\"ga omad tilaymiz va 4 mart kuni barcha muxlislardan jamoamizni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab qolamiz!
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













