"Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanov o‘yini qanday baholandi?

"Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanov o‘yini qanday baholandi?
Angliya Premer-ligasining 28-turida «Manchester City» «Nottingem Forest»ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinda «City»ning yosh himoyachisi Abduqodir Husanov ishonchli o‘yin namoyish etdi va 7.3 ball bilan baholandi.

21 yoshli futbolchi himoyada barqaror o‘ynadi va raqib hujumlarini qaytarishda faollik ko‘rsatdi. Uning uzatmalari aniqligi va o‘yindagi intizomi murabbiylar tomonidan ham yuqori baholandi.

Shu bilan birga, «Manchester City» bu mag‘lubiyatdan keyin 47 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi, «Nottingem Forest» esa 51 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi.
"Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanov o‘yini qanday baholandi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.