"Barselona" safarda "Atletiko"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ispaniya La Ligasining markaziy o‘yini \"Barselona\"ning safardagi 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv \"Riyadh Air Metropolitano\" stadionida bo‘lib o‘tdi.
\"Barsa\" ikkinchi bo‘limda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Xulian Alvares 45-daqiqada \"Atletiko\"ning birinchi golini urdi, Aleksandr Serlot esa 70-daqiqada ikkinchi golni kiritdi. Biroq, \"Barselona\" javoban Robert Levandovskining 72-daqiqadagi goli bilan hisobni tenglashtirdi. Ferran Torres 78 va 90+8-daqiqalarda ikkita gol urdi, Lamin Yamal esa 90+2-daqiqada yana bir gol kiritib, g‘alabani ta’minladi.
Bu g‘alaba orqali \"Barselona\" 60 ochko bilan La Liga jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi. \"Atletiko\" esa 56 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Barsa\" ikkinchi bo‘limda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Xulian Alvares 45-daqiqada \"Atletiko\"ning birinchi golini urdi, Aleksandr Serlot esa 70-daqiqada ikkinchi golni kiritdi. Biroq, \"Barselona\" javoban Robert Levandovskining 72-daqiqadagi goli bilan hisobni tenglashtirdi. Ferran Torres 78 va 90+8-daqiqalarda ikkita gol urdi, Lamin Yamal esa 90+2-daqiqada yana bir gol kiritib, g‘alabani ta’minladi.
Bu g‘alaba orqali \"Barselona\" 60 ochko bilan La Liga jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi. \"Atletiko\" esa 56 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













