"Sumqayit" va "Sabah" durang o‘ynadi, Abdixoliqov va Rahmonaliyevdan gollar (video)

"Sumqayit" va "Sabah" durang o‘ynadi, Abdixoliqov va Rahmonaliyevdan gollar (video)
Ozarbayjon Premer-ligasi 28-tur doirasidagi \"Sumqayit\" — \"Sabah\" o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar safida Bobir Abdixoliqov 90 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi, Jasur Jaloliddinov esa zaxirada qoldirildi.

\"Sabah\" safida Umarali Rahmonaliyev ilk daqiqalardan maydonda ko‘rinish berdi va to‘liq harakat qildi. Qayd etish kerakki, xavbek o‘yinda dubl qayd etdi.


Shu tariqa ushbu o‘yin 3:3 hisobidagi jangovor durang natija bilan yakun topdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.