U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani boshlaydi

U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani boshlaydi
Bugun Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi start oladi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham musobaqadagi o‘z ishtirokiga kirishadi.

Birinchi raqib – Tailand

Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘zining ilk uchrashuvini Tailandga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Toif shahridagi «Okaz» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Guruhimiz tarkibi

O‘zbekiston terma jamoasi A guruhida ishtirok etmoqda. Guruhdagi raqiblar quyidagilar:
  • Saudiya Arabistoni
  • O‘zbekiston
  • Tailand
  • Xitoy

Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash

Ushbu musobaqa nafaqat Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish, balki Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini ham beradi. Chorak finalga chiqqan har bir jamoa JCH-2025da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun bu musobaqa muhim ahamiyat kasb etadi. Yigitlarimizga omad tilab qolamiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.