“Buxoro” — “Bunyodkor” va “Surxon” — “Qo‘qon-1912” o‘yinida urilgan gollar (video)

“Buxoro” — “Bunyodkor” va “Surxon” — “Qo‘qon-1912” o‘yinida urilgan gollar (video)
O‘zbekiston Superligasi doirasida \"Buxoro\" hamda \"Bunyodkor\" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda \"qaldirg‘ochlar\" 2:0 hisobida zafar quchdi.

Franke Ikich 78-daqiqada avtogol urgan bo‘lsa, 87-daqiqada Boburbek Yo‘ldoshev hisobdagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.

“Buxoro” — “Bunyodkor” 0:2
4 aprel 2024 yil. Toshkent, \"Bunyodkor\" stadioni. 18:00
Gollar: Frane Ikich 78 avtogol, - 0:1. Boburbek Yo‘ldoshev 87, - 0:2 (Marko Bugarin).

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan qoldirilgan “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 4 aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasiga kelib Muhammadali Abdurahmonov hisobni ochdi. Shundan so‘ng qo‘qonliklar ko‘plab hujumlar uyushtira boshladi. Ammo birinchi bo‘limda boshqa hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa “Qo‘qon-1912” bir kishi kam bo‘lib qoldi. Husniddin G‘ofurov qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 74-daqiqada esa qo‘qonliklar hisobni tenglashtirdi. Muhammadanas Hasanovning goli oradagi muvozanatni tikladi.

Biroq oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas aynan Hasanov qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi. 90+3 daqiqaga kelib esa Diyor Ramazonov gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 90+7-daqiqada esa Asadbek Karimov hisobni ikkitaga oshirdi.

“Surxon” — “Qo‘qon-1912” 3:1
Gollar
: 1:0 — 37, Muhammadali Abdurahmonov, 1:1 — 74, Muhammadanas Hasanov, 2:1 — 90+3, Diyor Ramazonov, 3:1 — 90+7, Asadbek Karimov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.