"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti": Taxminiy tarkiblar e’lon qilindi

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti": Taxminiy tarkiblar e’lon qilindi
Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 31-turida Xosep Gvardiolaning \"Manchester Siti\"si Ruben Amorimning \"Manchester Yunayted\"i bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuvdan avval bir necha mashhur saytlar taxminiy tarkiblarni e’lon qilishdi.

\"Sports Mole\" talqiniga ko‘ra, bugun bahs uchun tarkiblar:

\"Manchester Yunayted\": Onana, Mazraoui, Maguayr, Yoro, Dalot, Ugarte, Bruno Fernandesh, Dorgu, Mount, Garnacho; Xoylund.

\"Manchester Siti\": Ederson, Nunes, Diash, Gvardiol, O‘\'Rayli, Gyundogan, Gonzalez, Savino, Grilish, Doku, Marmush.

Bundan tashqari, \"90min\" va \"Squashka\" nashrlari ham o‘z versiyasini bildirganda hamyurtimiz Abduqodir Husanov taxminiy tarkibdan joy olmagan edi. Biroq, \"Sportsgambier\" sayti esa Husanovni asosiy tarkibda maydonga tushishini bashorat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi Manchester derbisi Toshkent vaqti bilan 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.