Rasman: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi!

Rasman: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi!
O‘zbekiston terma jamoasi U-17 Osiyo kubogida muddatidan oldin chorak final masalasini hal etgan holda Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

\"Oq bo‘rilar\" Osiyo kubogining 1-turida Tailandni 4:1 hisobida, 2-turda Xitoyni 2:1 hisobida taslim etdi. Terma jamoamizning bugunoq mundialga yo‘llanma olishi uchun Saudiya Arabistoni Tailandga mag‘lub bo‘lmasligi kerak edi, biroz oldinroq yakuniga yetgan o‘yinda arablar janubi-sharqiy osiyoliklar ustidan g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston U-17 terma jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.