Tailandlik biznesmen “Milan”ning 40 foiz aksiyasini sotib olishi mumkin


Klarens Zeedorf “Milan” bosh murabbiyligiga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Italia ma’lum qilgan.
Bu tailandlik biznesmen Bee Taechaubol klub aksiyasining bir qismini sotib olsagina bo‘ladi.
“Milan” egasi Silvio Berluskoni klubning 40 foiz aksiyasini sotishga tayyor.
Avvalroq, Berluskoni Taechaubolga klubning 25 foiz aksiyasini sotishini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, bir necha yil davomida tailandlik biznesmen klubning 100 foiz aksiyasini sotib olishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













