Yamal Messini ortda qoldirdi — La Liga’da tarixiy rekord

Yamal Messini ortda qoldirdi — La Liga’da tarixiy rekord
“Barselona” klubi 17 yoshli hujumchisi Lamine Yamal 2024/2025-yilgi mavsumda La Liganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi, deb xabar berdi Vesti.kz sayti. U 13 ta golli uzatma bilan 21-asrda 20 yoshdan kichik futbolchilar orasida rekord o‘rnatdi — bu ko‘rsatkichga hatto Lionel Messi ham erisha olmagan.

Opta Sports ma’lumotlariga ko‘ra, Yamal La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 15 assistga erishgan. Umumiy hisobda esa u mavsum davomida 55 ta o‘yinda 18 gol va 25 assist bilan ishtirok etgan.

Vesti.kz sayti yozishicha, “Barselona” mavsumni 88 ochko bilan yakunlab, “Real Madrid”ni 4 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Yamal 2023-yil bahorida asosiy tarkibda debyut qilgan. U jamoa bilan ikki karra La Liga chempioni, Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi. 2024-yilda u Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘olib chiqib, musobaqaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.