Temirov UFC bilan yangi kelishuvga erishdi

UFC doirasida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov nufuzli promoushen bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda sportchining ustozlaridan biri – Jasur Alijonov o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lumot berdi.
Alijonovga ko‘ra, Ramazon Temirov UFC bilan navbatdagi 4 ta jangni o‘z ichiga olgan shartnoma asosida kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda u o‘ta yengil vazn toifasida UFC reytingida 13-pog‘onani egallab turibdi. Promoushen doirasida hozirgacha 2 marta oktagonga ko‘tarilgan Temirov har ikkala jangda ham ishonchli g‘alabaga erishgan.
Navbatdagi sinov esa 27 iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Unda u qozog‘istonlik Asu Almabayev bilan to‘qnash keladi. Bu jang Temirov uchun yangi bosqich sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Alijonovga ko‘ra, Ramazon Temirov UFC bilan navbatdagi 4 ta jangni o‘z ichiga olgan shartnoma asosida kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda u o‘ta yengil vazn toifasida UFC reytingida 13-pog‘onani egallab turibdi. Promoushen doirasida hozirgacha 2 marta oktagonga ko‘tarilgan Temirov har ikkala jangda ham ishonchli g‘alabaga erishgan.
Navbatdagi sinov esa 27 iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Unda u qozog‘istonlik Asu Almabayev bilan to‘qnash keladi. Bu jang Temirov uchun yangi bosqich sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













