Avstraliya – Yaponiya 1:0. Behich oxirgi daqiqada gol urdi

Avstraliya – Yaponiya 1:0. Behich oxirgi daqiqada gol urdi
Bugun 2026-yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi, C guruhida Avstraliya va Yaponiya jamoalari to‘qnash kelishdi. O‘yin 1:0 hisobida yakunlandi. Yagona golni 90-daqiqada Aziz Behich kiritdi.

Yaponiya o‘yinda ustun bo‘lishiga qaramay (to‘p nazorati 69%, 13 zarba), faqat bitta zarba darvozaga yo‘llandi va golga aylanmadi.
Natijada Yaponiya 9 ta o‘yindan 20 ochko bilan guruh peshqadamligini saqlab turibdi, Avstraliya esa 16 ochko bilan 2-o‘ringa mustahkam joylashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.