«Barselona» o‘z vaqtida nega Ronalduni sotib ololmagani oydinlashdi

«Barselona» o‘z vaqtida nega Ronalduni sotib ololmagani oydinlashdi
«Barselona» o‘z vaqtida nega Ronalduni sotib ololmagani oydinlashdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta o‘z vaqtida Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.

«O‘sha paytlari biz Ronaldino, Rafael Markes va Rikardo Kuarejma bilan shartnoma imzolashga ulgurgandik. Biz jamoani qayta qurish davrida edik. O‘shanda «Sporting» bilan muzokaralar o‘tkazgani borganman. U «MYu»ga o‘tishidan oldin uning agenti - bizga Dekuni sotib olishda ko‘maklashgan agent bilan gaplashganman.

Biz Dekuni sotib olishga imkoniyatimiz yo‘qligini aytganimizda u menga aytgandi: Menda yana bir yigit bor - Ronaldu. Shunda biz unga 17 million evro taklif qilganmiz, ammo «MYu» 19 million evro taklif qilgan va uni ilib ketgan», – deydi Laporta.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.